Masjidga borishdagi yosh

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, uyda nomoz o‘qiyman yoshim 19da Masjidga namozni jamoat bilan o‘qimoqchiman. Necha yoshdan masjidga borsam bo‘ladi? Bir nomozxon kishi menga masjidga nomozga borganimda “borma senga mumkun emas” deb aytdi. Masjidga borib jamoat bilan o‘qishim mumkun emasmi? O‘zi necha yoshdan borsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Allohga shukur hozirgi kunda hech kimni masjiddan qaytarilmayapti. Shunday ekan farzlarni masjidda o‘qing. 8-9 yoshdan borishni boshlash kerak. Odatda 11-12 yoshga etgan bola balog‘at yoshiga etgan bo‘ladi va zimmasiga namoz o‘qish farz bo‘ladi. Ungacha namoz, jamoatni to‘liq o‘rganib olgan bo‘lishi shart. Buni o‘rgatuvchi joy albatta masjiddir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:55 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar