Xojat qistab turib namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Men talabaman bizning darsimiz 2-smenada yani 11:50da boshlanadi. Men kvartiramdan 10:30 - 10:50 larda taxorat olib chiqib ketib abetimni qilib darsga kirib ketaman shu bilan bizni darsimiz shomda tugaydi. Asrdan boshlab mening qovug‘im to‘layotgani anniq seziladi va shomga kelganda to‘lib ketadi. Men bu paytda endi darsdan chiqqan bo‘laman yoki yo‘lda bo‘laman yani orada tahorat olishga sharoit ham yo‘q vaqt ham yo‘q savolim shuki shunday holatda namoz o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahorat qistab turganida namoz o‘qish makruh. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 19:37 | Savol-javoblar | 157 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar