Qaynonaga bolani oldirishga majburlash

Assalomu alaykum! Man xozigi paytda xomiladirman, oyijon qaynonam bolani tug‘maysan dedilar. Man tug‘aman deb ota xovlimga ketdim, qaynona oyijon manga shart qo‘ydila yoki bola yoki turmush o‘rtog‘ini tanla dedilar. Endi man nima qilay? Manga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bolani oldirish gunohi kabira, bundan Allohni g‘azabiga duchor bo‘linadi. Bunday o‘rinlarda qaynona tugul erga ham itoat qilinmaydi. Ammo oshkora qarshi chiqish johil insonni hamiyatini qo‘zg‘aydi. Shuning uchun sukut qilish eng yaxshi davo. Boshqalarga aytib o‘tirishni hojati yo‘q. Ammo qaynonangiz hurmat qilgan biror ahli ilm bo‘lsa o‘sha odamni o‘rtaga qo‘yib tushuntirishingiz mumkin. Boshqa hech qanday harkat qilmang. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:55 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar