Zakot berishda ota-onadan ruxsat olish

Assalomu alaykum! 23 yoshdagi qiz bola hali turmush qurmagan. Lekin mehnat qilib pul to‘plagan. Nisobiga etgan bo‘lsa zakot beradimi? Zakot berishda ota-onasidan ruxsat so‘raydimi? Javobingiz uchun Rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Berishi zimmasiga farz. So‘rashi shart emas, chunki buni Alloh taolo farz qilgan. Bu borada maslahat qilishga hech qanday o‘rin yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:56 | Savol-javoblar | 147 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar