G‘oyib ilmi

Assalomu alaykum! Mening bir tanishim bor. U o‘ziga g‘oyibdan ilm berilganligini aytadi. Bir kuni Alloh rahmatiga olsin shayx Hazratlarining “mushkul kushot yo‘q” degan gaplarini aytganimda u, “menga unaqa gaplarni aytma, agar bunga ishonishni boshlasam keyin qiynalib qolaman” dedi. G‘ayb ilmi shunday bo‘ladimi?
2). Mushkul kushot dinimizda bormi va ayollarning yig‘ilishib ushbu amalni qilishlari joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bu hech qanaqasiga g‘ayb ilmi emas. Odatda bu kabi insonlar jinlar bilan aloqani boshlagan bo‘lishadi. 2). Joiz emas. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 01:29 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar