Joriya

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar bir savol juda o‘ylantiradi qadimda joriyalarga nikohsiz yaqinlik ruhsat etilganmi? Bir qadimgi islomi serial ko‘rdim, unda 100 tadan ortiq joriyasi bor, asosan qizlar olib kelingan joriyalar bor ularni oldiga bir marta kirib keyin esidan ham chiqib ketvotti oqibatda joriyalar bir birlari bilan urushib o‘ldirishgacha borishdi. Axir islom go‘zallik va poklik ustiga qurilganku, u odam ayollarga zulm qilmayaptimi? Ba’zi ilmlilardan so‘rasam u odamda gunoh yo‘q deyishvotti. Islom bunaqa dag‘al emasku?! Bu serialni islomdan to‘liq xabari yo‘q odam ko‘rsa islomni yomon ko‘rib qoladiku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom!  Bu butun olamga tarqalgan holat edi. Islom bunga aroqni harom qilishidagi kabi muomalani qildi. Aroqni harom bo‘lish tartibiga qarasangiz, u uch bosqichdan iborat bo‘ldi. Birinchi foydasi ham zarari ham bor – deyildi. Keyin mast holatda namozga yaqinlashmanglar – deyildi. Oxirgi bosqichda mutloq harom qildi. Qul va cho‘rilik borasid ham Islom shu yo‘lni tutdi. Cho‘ri va qullarni maqomini ko‘tardi. Ularni urishdan qaytardi, ilm o‘rgatib nikohlab oluvchilarga ikki barobar savob berilishi aytildi. Har bir jinoyat uchun qilinadigan kafforatga ularni ozod qilishni vojib qilindi, keyin hojasi nima esa o‘shani eb, nima kiysa o‘shani kiyishi tavsiya qilindi. Ularni uylana olmayotgan qullarga nikohlab berish va nikohlangan cho‘rilarga begonalarni yaqinlik qilmasligi joyriy qilindi. Xullas ularni hur va o‘zgalar bilan teng sharoitda yashashni qanday yo‘l bo‘lsa hammasi joriy qilindi. Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh sakkiztagina sahobiylarning ozod qilgan qullarini zikr qilib qirq mingtaga etganini aytganlar. Qolgan sahoba roziyallohu anhumlarning ozod qilganlarini tasavvur qilib olavering. Stsenariyalar odatda to‘qiladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:56 | Savol-javoblar | 146 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar