Qazo namoz va ro‘za haqida

Assalomu alaykum! Meni yoshlikda o‘qimagan qazo namoz va ro‘zalarim ko‘p. Shu o‘qilmagan namoz va ro‘zalarni tutishim uchun xo‘jayinimni ruxsatisiz xam o‘qisam va Ro‘za tutsam bo‘ladimi? Menga ruxsat bermayapdilarda. Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bo‘ladi. عَنِ الْحَسَنِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ  صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: لَا طَاعَةَ لِمْخْلُوقٍ فِي مَعْصِيَةِ الْخَالِقِ. رَوَاهُ ابْنُ أَبِي شَيْبَةَ. (متفق عليه)  Hasandan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Xoliqning ma’siyatida maxluqqa itoat yo‘q» – dedilar”. Ibn Abu Shayba rivoyat qilgan. (Muttafaqun alayh)
Ya’ni, bandani rozi qilaman deb, Alloh taoloni norozi qiladigan narsani qilib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:56 | Savol-javoblar | 157 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar