Ona roziligi uchun dunyoviy bilim olish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men institutda o‘qiyman. Institutda o‘qishimni ko‘proq onam xohlaydilar va shu soha bo‘yicha yaxshi mutaxassis bo‘lib, obro‘li joylarda ishlashimni orzu qiladilar. Meni qiziqishim esa askincha diniy ilmlarni o‘rganishda. Shu sababli, institutdagi darslar meni ko‘pam qiziqtirmaydi. Keyin men kelajakda ishlamoqchi emasman. Dinimizda buyurilganidek ayollik vazifalarimni bajarmoqchiman. Meni savolim quyidagicha 1) Tabiiyki, institutdagi darslar, imtixonlar ko‘p vaqtni talab qiladi. Men esa bu vaqtlarimga achinaman. Buning o‘rniga bu vaqtlarimni diniy ilmlar o‘rganishga sarflaganim foydaliroq emasmi deb ichimdan norozi bo‘laman. Xuddiki dunyoviy ilmlar men uchun bu dunyo ham, oxiratimda ham foydasizdek tuyuladi. Lekin, onam meni bu institutda o‘qishim uchun ko‘p pullarini sarflayaptilar. Dunyoviy bilim olish ham gunoh emas. Shu sababli, agar men shu narsa onamni xursand qiladi, onam mendan rozi bo‘ladilar va ularning pullarini isrof qilmaslik uchun institutda yaxshi bilim olsam va shu institutdagi darslarim uchun ketkizayotgan vaqtlarim uchun ham (bu ishda onamning roziliklarini topmoqchi bo‘lganim uchun) ibodat qilayotgan hisoblanamanmi? 2) Aslida qiz bolani o‘qishi uchun (dunyoviy bilimlarni) shuncha milionlarni sarflashlik qanchalik to‘g‘ri? Agar u kelajakda bu soha bo‘yicha ishlamasa, bu 4 yillik umr va unga qilinayotgan xarajatlar isrofdan boshqa narsa emasmi? 3)Agar men dars payti darsga quloq solmay, diniy mavzularga tegishli maqola, kitoblarni o‘qib , ilmiy ma’ro‘zalarni eshitib o‘tirsam, onamni aldayotgan va ularning meni bilim olishim uchun to‘layotgan pullariga xiyonat qilayotgan bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Avvalo siz o‘qiyotgan narsa kelajagingizga foyda beradimi yoki yo‘qmi? Ilm ko‘p ularni ichida farzi ayn darajasi bor, farzi kifoya darajasi bor, muboh darajasi bor, makruh darajasi bor. Har bir inson Alloh taolo farz qilgan amallarni, harom qilgan amallarni o‘rganish farzi ayn. Masalan iymon, namoz, ro‘za, zakot, ayollarning hayz va nifos masalalarini bilish, kasbini halol-haromini o‘rganish farzi ayn. Masalan shu tanlayotgan kasb shariatga zidmi yoki zid emasmi, o‘sha kasbda nimalarga ruxsat berilgani nimalarga ruxsat berilmagan. Keyingisi farzi kifoya, masalan har bir jamiyatda har bir sohadan ayollar uchun ayol mutaxassis bo‘lishlari farzi kifoya. Masalan ayollarga tegishli bo‘lgan har bir masalada ayol shifokor bo‘lishi farzi kifoya. Bu faqatgina genekologiyaga tegishligina emas. Yuragi hasta ayol uchun yurak doktori, oshqozon sohasida o‘sha sohaning doktori bo‘lishi farzi kifoya. Avratga tegishli masalalarda esa farzi kifoyaligi yanada ta’kidliroq bo‘ladi. Shariat qaytarmagan va buyurmagan sohalarda ishlash esa muboh. Agar niyatini go‘zal qilsa ibodat bo‘ladi. O‘qiyotgan fanlaringizni darajasi ham shu. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:56 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar