Tabibga borish hadisi
Assalomu alaykum! “Dard bergan O‘zi! Da’vosi ham O‘zidan! Bandalariga dori berish Yaratganga isyondir. Demak, donishmandning ishi makr. O‘zi shaytondir”. Shu gapni qaysidir payg‘ambar aytganmi? Keyin tabib va tabibga borish haqida payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislar bo‘lsa ulashsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biz biror payg‘ambar bunday gapni aytganini bilmaymiz. Bu shariat ta’limotlariga mos kelmaydigan gap. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadisda davolanishga amr qilib shunday deganlar: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَا أَنْزَلَ اللهُ دَاءً إِلاَّ أَنْزَلَ لَهُ شِفَاءً. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ وَلَفْظُهُ: لِكُلِّ دَاءٍ دَوَاءٌ فَإِذَا أُصِيبَ دَوَاءُ الدَّاءِ بَرَأَ بِإِذْنِ اللهِ عَزَّ وَجَلَّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh qaysi bir dardni nozil qilgan bo‘lsa, albatta, uning shifosini ham tushirgandir», dedilar».
Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan.
Muslimning lafzi:
«Har bir dardning davosi bordir. Qachon davo dardni topsa, Alloh azza va jallaning izni ila tuzaladir».
Sharh: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ushbu hadisi shariflari butun jahon tibbiyotining cheksiz ravishda rivojlanishining asosidir. Bunda tabiblarga hech tinim bilmay turli dardlarga davo izlash da’vati mujassam bo‘lgan.
Bu hadisi sharif nafaqat tabiblarga, balki bemorlarga ham katta umid baxsh etadigan manba bo‘lgan. Bemorlar ham Alloh Rasulining gaplaridan ruhlanib dardlariga davo izlashda tinim bilmaganlar.
Dunyo tarixida birinchi marta musulmonlar dardlarni tuzaladigan, tuzalmaydigan turlarga ajratishdan voz kechib, hamma dardlarni tuzaladigan deb e’lon qilganlar.
Ulamolarimiz barcha tabiblar davosi yo‘q deb qaror qilgan dardga ham davo izlash kerakligiga ushbu hadisi sharifni dalil qilib keltirganlar.
Shundoq qilib Islom soyasida dunyo tarixida misli ko‘rilmagan keng va jiddiy ravishda tibbiy izlanishlar boshlandi. Musulmonlar ichidan dunyo tibbiyotining bobokalonlari etishib chiqdi. Hattoki yangi dunyo tibni o‘z tilida musulmon ulamolarning eng ko‘zga ko‘ringanlaridan biri «Ibn Sino»ning nomidan olib «Medisina» deb ataydigan bo‘ldi. سُئِلَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قِيلَ: يَا رَسُولَ اللهِ أَرَأَيْتَ رُقًى نَسْتَرْقِيهَا وَدَوَاءً نَتَدَاوَى بِهِ وَتُقَاةً نَتَّقِيهَا هَلْ تَرُدُّ مِنْ قَدَرِ اللهِ شَيْئًا؟ قَالَ: هِيَ مِنْ قَدَرِ اللهِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan:
«Ey Allohning Rasuli, ayting-chi, soldiradigan damimiz, davolanadigan davomiz va saqlanadigan narsamiz Allohning qadaridan biror narsani qaytaradimi?» deb so‘raldi. U zot:
«O‘shalar Allohning qadaridandir», dedilar».
Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Odamlarda, Alloh taolo peshonaga taqdir qilgan bo‘lsa, bemor bo‘linadi. Yana peshonaga taqdir qilgan bo‘lsa, dard ketadi. Bas, shundoq bo‘lganidan keyin davolanishning nima keragi bor, degan fikr bor ekan. Ana o‘sha fikrlari haqida Islom dinining hukmi qandoq ekanini bilish uchun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga yuqorida zikr qilingan savolni berdilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam esa, o‘sha davolanishga urinish uchun qilinadigan ishlar ham Allohning taqdiri ekanini bayon qildilar. Ya’ni, bemor bo‘lish Allohning taqdiri ila bo‘ladi, ammo, davolanish orqali tuzalish ham O‘sha zotning taqdiridir. Bu erda Allohning bir taqdirini, ikkinchi taqdiri ila qaytariladi.
O‘sha paytda boshqa dinlar vakillari xastalik Allohning bandaga bitgan qadari, banda unga sabr qilishi, qazoi qadarga rozi bo‘lishi lozim. Agar yugurib-elib davo axtarsa, Allohning qadariga qarshi chiqqan bo‘ladi, degan e’tiqodda ekanlar.
Islom Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ushbu hadisi shariflari orqali bu masalani uzil-kesil hal qildi. Alloh har bir narsaga sababni taqdir qilib qo‘ygan, o‘sha sabab voqe’ bo‘lsa, undan kelib chiqadigan natija ham voqe’ bo‘ladi. Alloh taolo O‘zi xalq qilgan narsalar ichida bir qadarni ikkinchisi bilan daf qiladigan etib qo‘ygan. Ochlik qadari taom qadari bilan daf qilinadi. Chanqoqlik qadari ichimlik qadari bilan daf qilinadi. Xuddi shuningdek, dard qadari davo qadari bilan daf qilinadi.
Dardga davo izlash Allohning qadari ekanini e’tiqod darajasiga insoniyat tarixida birinchi bo‘lib Islom ko‘tardi.
Shuning uchun ham tib ilmlari o‘zining haqiqiy rivojini Islom olamida topdi.
Shuning uchun ham dunyo tabiblarining eng hoziqlari musulmonlar orasida etishib chiqdi.
Shuning uchun ham dunyodagi birinchi tibbiy muassasalar Islom olamida barpo etildi.
Shuning uchun ham butun insoniyat tibdan foydalanishni musulmonlardan o‘rgandi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 15:53 | Savol-javoblar | 150 | Tabobat