Hojatxonada

Assalomu alaykum! Meni bir narsa o‘ylantirib qo‘ydi. Bir kishini ma’ruzasida Payg‘ambarimiz alayhissalomning hojatga kirganda boshga do‘ppi kiyib kirish joiz, bosh miyasida jinlar kiradigan kanal bor degan mazmundagi hadislari borakan. Buni sunnat dedilar, shu gap rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ha. عَنْ عَائِشَةَ رَضِي اللهُ عَنْها قَالَتْ : كَانَ النَّبِي صلى الله عليه وسلم إِذَا دَخَلَ الْخَلاَءَ غَطَّى رَأْسَهُ، وَإِذَا أَتَى أَهْلَهُ غَطَّى رَأْسَهُ رواه البيهقي في سننه (464)  وأبو نعيم في الحلية (2/182) Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi :   Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon haloga kirsalar boshlarini yopib olardilar. Ayollariga yaqinlik qilganlarida ham boshlarini yopib olardilar. Bayhaqiy rivoyati. عن عُرْوَة رَضِي اللهُ عَنْه، عَنْ أَبِيهِ : أَنَّ أَبَا بَكْرٍ الصِّدِّيقَ ، قَالَ، وَهُوَ يَخْطُبُ النَّاسَ : يَا مَعْشَرَ الْمُسْلِمِينَ، اسْتَحْيُوا مِنَ اللهِ، فَوَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ إنِّي لأظل حِين أَذْهَبُ إلَى الْغَائِطِ فِي الْفَضَاءِ ، مُغَطّيًا رَأْسِي اسْتِحْيَاءً مِنْ رَبِّي  رواه ابن المبارك في الزهد (1/107)، وابن أبي شيبة في  المصنف Urva otasi Zubayr roziyallohu anhumodan rivoyat qiladi :   Abu Bakr siddiq odamlarga xutba qilayotib “Ey musulmonlar jamoasi Allohdan hayo qilinglar. Nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, men kenglikka hojat chiqarishga borganimida Robbimdan hayo qilib boshimni yopib olgan holimda boraman” dedi. Ibn Muborak va Ibn Abu Shaybalar rivoyati. Fuqaholarimiz hojatga kirganda boshi yopiq holatga bo‘lishni mustahab deganlar. Mohir dam soluvchilar : “Odatda jinlar inson ichiga insonlarni nopok, zikrdan g‘aflatda qolgan, gunoh ishlarga mashg‘ul bo‘lgan  hollarida kirishga harakat qiladi” deyishgan. Jindan saqlanishning eng oson yo‘llaridan biri hojatga kirishdan avval Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ta’lim bergan “Allohumma inni a’uzubika minal xubsi val xobaais”ni o‘qishdir. Jinlar ham ushba duo o‘qilganda insonga yaqinlasha olmasligini aytishgan. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 06:13 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar