Iymonimda nuqson bormi?

Assalomu alaykum! Agarda noto‘gri, nojoiz savol beryotgan bo‘lsam, uzur so‘rayman, aybga buyurmang. Bu meni ilmsizligimdan. Men yaqinda namoz o‘qishni boshladim, Allohga shukur! Jumaga borsam, hadislani o‘qisam, eshitsam qalbimda Allohga, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga va dinimzga muhabbatim ortadi, qalbim bilan chin yurakdan hammasini tasdiqlayman. Lekin namoz o‘qimaydigan insonlarning gaplaridan, menga va dinga bo‘lgan fikrlaridan masalan «hali namoz o‘qishinga erta, yoshsan judayam berilib ketma» degan ma’nodagi so‘zlaridan keyin o‘ylanib qolaman va  ko‘nglim g‘ashlanadi. Farz ibodatlarni albatta qilish kerakligini bilaman, yomon hayollardan shubha paydo bo‘ladi. Lekin agarda hadis o‘qisam yoki maruzalarni eshitsam o‘sha shubhalar yana ketadi. O‘ylagan shubhalarimdan o‘zimni koyiman, tavba qilaman. Men hamisha bir hil kim gapirishidan qat’iy nazar oxiratni eslab har xil shubhaga bormaslik uchun nima qilay? Iymonim zaif bo‘lsa qanday qilib kuchli qilsam bo‘ladi? Andishasizlik qilgan bo‘lsam, qimmatli vaqtingizni olganim uchun uzur so‘rayman!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Tavba” surasi 119-oyatida marhamat qiladi : يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اتَّقُواْ اللّهَ وَكُونُواْ مَعَ الصَّادِقِينَ۝ Ey iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va sodiqlar ila birga bo‘linglar! Qachongacha birga bo‘lish kerak – degan savolga, “to ularga o‘xshaguninglarcha” deyilgan. Nimaga yaqin yursang yuqadi – degan gap eng sodda va tabiiy misoldir. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 10:25 | Savol-javoblar | 145 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar