Rivoyatdan savol
Assalomu alaykum! Abu Lays As-Samarqandiyning "Tanbehul G‘ofilin" kitobidan: Jobir ibn Abdulloh Payg‘ambardan (s.a.v) rivoyat qiladi: Dedilarki: "Bani Isroil haqida gapiringlar, uning zarari yo‘q, chunki ular ko‘p ajoyibotlari bo‘lgan qavmdir". So‘ng odamlar ular haqida gaplasha boshladilar. Shunda Nabiy (s.a.v) aytdilarki: "Bani Isroildan bir qavm chiqdi, ular bir qabriston oldiga kelishdi va: "Agar namoz o‘qib, so‘ng Rabbimizga duo qilsak, biz uchun ba’zi o‘liklarni chiqaradi va bizga o‘lim haqida xabar beradi", dedilar hamda namoz o‘qib, Parvardigorga duo qildilar. Ular shunday duo qilib turgan vaqtlarida to‘satdan bir kishi qora qabrdan boshini ko‘tarib: "Ey odamlar, nimani xohlaysizlar? Allohga qasamki, men to‘qson yil ilgari o‘tganman, lekin o‘lim azobi, haligacha mendan ketgani yo‘q, Alloh taologa duo qilinglar, men qanday bo‘lsam, o‘sha holimga qaytarsin", dedi. Uning ikki ko‘zi orasida sajda izlari edi". Savolim shundan iboratki: Sajda izi nimadan dalolat u inson tiriklik vaqtida ko‘p ibodat qilgan bo‘lsa xam gunohlariga (be ayb Parvardigor) jazolanmoqdami yoki qabrda xam namoz o‘qiganidanmi? Javobingiz uchun avvaldan raxmat. Alloh xayrli ishlaringizni ajrini yanada ziyoda qilsin!!!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U namozxon ekanligini, shunday bo‘lsada o‘limning achchig‘i og‘irligini bildiradi. Ruhni jasaddan sug‘irib olishni tasavvur qilavering. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 06:13 | Savol-javoblar | 166 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U namozxon ekanligini, shunday bo‘lsada o‘limning achchig‘i og‘irligini bildiradi. Ruhni jasaddan sug‘irib olishni tasavvur qilavering. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 06:13 | Savol-javoblar | 166 | Dolzarb savollar