Taxorat bor yo‘qligida gumon
Assalomu alaykum! Toxorat olgandan so‘ng el kelsa kelmasa, kelgandek shubxa uyg‘onadi. Bunday xolda men 1 namozga 1ta toxorat olaman. Shu masala meni qiynadi, iltimos javob bersangizlar, nima qilay? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! عَنِ اِبْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اَللَّهُ عَنْهُمَا; أَنَّ رَسُولَ اَللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: يَأْتِي أَحَدَكُمُ الشَّيْطَانُ فِي صَلَاتِهِ, فَيَنْفُخُ فِي مَقْعَدَتِهِ فَيُخَيَّلُ إِلَيْهِ أَنَّهُ أَحْدَثَ, وَلَمْ يُحْدِثْ, فَإِذَا وَجَدَ ذَلِكَ فَلَا يَنْصَرِفُ حَتَّى يَسْمَعَ صَوْتًا أَوْ يَجِدَ رِيحًا أَخْرَجَهُ اَلْبَزَّار Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Biringiz namoz o‘qiyotganida shayton kelib el chiqadigan joyiga puflaydi. Shunda u tahoratim ketdi deb xayol qiladi. Holbuki tahorati ketmagan bo‘ladi. Qachon shunday holatni topsa to ovozni eshitmagunicha yoki hidni topmagunicha namozni buzmasin” dedilar. Bazzor rivoyati.
Vasvasaga berilgan odam shaytonning tuzog‘iga tushib qoladi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ta’limotlariga amal qilib ovoz eshitmaguncha yoki hidni topmagunicha namozini buzmasin va tahoratini ketgan deb o‘ylamasin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:01 | Savol-javoblar | 154 | Tahorat