Nojoiz kasblardan topilgan pullar

Assalomu alaykum! 15-20 yil nojoiz bo‘lgan kasblar (misol uchun: alkogol ichimliklari sotuvi yoki sevgi muhabbat haqida qo‘shiqlar va halol bo‘lmagan tijorat) bilan shug‘ullangan va yoshi ham ancha katta bo‘lib qolgan shaxs Alloh hidoyat berib to‘g‘ri yo‘lga qaytgan vaqtda shu vaqtgacha topgan barcha mol mulkini sadaqa qilib yuborishi kerak bo‘ladimi yoki uni halol yo‘l bilan ko‘paytirishda davom etaversa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom yo‘l bilan topilgan mablag‘larning umumiy hisobini aniqlab, savob umid qilmagan holda o‘shancha pulni sadaqa qilib yuborasiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar