Peshin sunnati
Assalomu alaykum! Aziz birodarlar, peshin namozini oxiridagi ikki rakaat sunnatini to‘rt rakaat qilib o‘qisa bo‘ladi deb eshitdim. Shu to‘g‘rimi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam gohida peshindan keyingi sunnatni ikki rak’at o‘rniga to‘rt rak’at o‘qiganlari ham bor. Fitna chiqmaydigan, buni to‘g‘ri tushunadigan insonlarning huzurida va uyda o‘qish joiz. Peshindan keyingi ikki rak’ati sunnati muakkada, to‘rt rak’at qilib o‘qish muakkada bo‘lmagan sunnatlardan hisoblanadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:01 | Savol-javoblar | 142 | Namoz