Zikr aytsa harom bo‘lishimi mumkinmi

Assalomu alaykum! Men ijtimoiy tarmoqlarda bitta video ko‘rib qoldim. Unda bitta odam ya’ni ko‘rinishidan domla: sotuvchi zikr qilib o‘tirganda ogan oyligi harom bo‘ladi deb bemalol aytyabdi. Shu rostmi, rostan ham zikr qilib o‘tirsa ogan oyligi harom bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ish vaqtida siz o‘zingizning vazifalaringizni ado qilishingiz va unda kamchilikka yo‘l qo‘ymasligingiz vojib hisoblanadi. Shuning uchun zikrlarni asosiy ishingizga ta’sir qilmaydigan qilib ado etsangiz bo‘ladi. Farz namozlarni o‘qishda albatta namozni ado qilishingiz zarur. Unda ham namozga futur etmaydigan, ishingizga ham ta’sir qilmaydigan qilib o‘qishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ya’ni namozning vaqti bemalol bo‘lsa, ishingizni bajarib namozni o‘qishga imkon bo‘lsa, ishni qilib keyin o‘qiysiz. Ammo namozning vaqti chiqib ketadigan darajada bo‘lsa, ishingizni to‘xtatib namozni o‘qib olishingiz kerak bo‘ladi. Nafl ibodatlarni yoki vaqti bemalol bo‘lgan farz ibodatlarni qilishda ishingizga ta’sir qilsa, albatta ish beruvchining haqqiga tajovuz qilgan bo‘lasiz. Shuning uchun bu masalalarni ish beruvchi bilan kelishib olsangiz, u rozi bo‘lsa shunday noqulayliklarga duch kelmaysiz. Bunda ishning tabiatidan kelib chiqib o‘rtacha yo‘l tutish kerak. Ishni ham qiling, zikrni ham. Ikkisi bir-biriga xalal bermasin. Dast bakoru dil ba Ër! Vallohu a’lam!

12 May 2022, 21:16 | Savol-javoblar | 149 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar