Ijaraga qo‘ygan odamimiz tilanchi ekan
Assalomu alaykum! Biz uyimizda bir xonani bir oilaga ijaraga qo‘ydik, bilishimcha ayoli tilamchilik qilib pul topar ekan va shu puldan ijara pulini bizga berar ekan. Bu pullar biz uchun harommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Halol emas, chunki bir kunlik taomi bor insonga tilanchilik qilish halol bo‘lmaydi. Shu erda ba’zilar unga berish ham harom deganimizga ajablanibdilar. Unga berilayotgan narsalar arzimas bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Xalq ichida bug‘doy o‘g‘risi kofir emas somon o‘g‘risi kofir bo‘lib qoladi degan maqol bor. Bu bejizga aytilmagan, aslida ikkisi ham o‘g‘irlik. Bug‘doy o‘g‘irlovchi bug‘doy o‘g‘irlashni harom deb bilgan, lekin nafsi yomonlik qilib o‘g‘irlik qilayotgan bo‘ladi. Somon o‘g‘risi esa samonni arzimas narsa deb bilib qilgan ishini o‘g‘irlik deb ham bilmaydi. Aslida u ham o‘g‘irlik bo‘lib harom amal hisoblanadi. Aqoid kitoblarida harom ishni halol deyish kufr deyilgan. Shundan ehtiyot bo‘lishimiz kerak. bermoqchi bo‘lgan inson hadya deb bersin. Har qanday insonga har qancha hadya qilish joiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:02 | Savol-javoblar | 140 | Halol va harom