Karzmi yoki kredit???
Karz va kredit mavzusidagi xamma savol-javoblarin ukib chikdim, lekin savolimga javob topa olmadim. Savolimni berishdan oldin vaziyatni tushuntirishga xarakat kilaman: Bir necha oy oldin menga pul kerak bulib koldi va uzim ishlaydigan firmani kattalariga oylik xisobimdan biroz pul berishlarini iltimos kilib ariza yozdim. Suragan pulim katta bulgani uchun uzim bilan birga ishlaydigan birodarimni nomiga xam ariza yozdim va ikkalamiz uchun pulni men oldim va birodarimga xar oyda oyligidan ushlab kolinadigan 100$ ni men beradigan buldim. Shu yilning birinchi oyidan bizga oylikni uzimizni sumda beradigan buldi. Bizdan 100 AKSh dollorini davlat xisobida xisoblab oyligimizdan ushlab koladigan va kolganini aytganimdek sumda beradigan bulishdi. Savol:Kaysi valyutada karz olinsa usha valyutada kaytarilishidan xabarim bor, shunday ekan birodarimga men uni oyligidan ushlab kolingan SUMni berishim kerakmi yoki 100$ ni. Bu savolni, AKSh dollorini davlat va bozor narxlari orasidagi fark 15000-20000 dan kochish uchun emas, balki birovni xakki boshka birovga ketib kolmasligi uchun beryapman. Javobingiz uchun oldindan raxmat, Allox rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Agar beriladigan so‘mning qiymati belgilangan dollarga barobar bo‘lsa va ikki taraf rozi bo‘lsa, bo‘ladi.
29 Aprel 2022, 23:44 | Savol-javoblar | 141 | Boshqa ibodatlar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Agar beriladigan so‘mning qiymati belgilangan dollarga barobar bo‘lsa va ikki taraf rozi bo‘lsa, bo‘ladi.
29 Aprel 2022, 23:44 | Savol-javoblar | 141 | Boshqa ibodatlar