Olimlardan eshitmagan gap
Assalomu alaykum! Men kitob o‘qimaymanu lekin usozlarni turkum darslarini ko‘p eshitaman. Yaqinda bazi odamlar aytib qoldiki biz nematlarga noshukurlik qilsak o‘lganimizdan keyin afrikaning qashshoq joylariga o‘xshagan joylarda qayta to‘g‘iltirib qo‘yar ekan Alloh. Nega Chubak xoji, Shayh hazratlari, Abdulloh domla, Hasanxon domlalar aytmagan gapni aytding desam menda ham ilm bor dedi xo‘p dedim. Keyin bir ilmli odamdan so‘rasam boyagi odamni gapini tasdiqladi. Men ishona olmayabman. Alloh noshukrlik qilsak o‘lganimizdan keyin nochor yashaydigan joyda tug‘ultirib qo‘yadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu gap islomga ziddir. O‘limdan so‘ng dunyoga qaytish yo‘q. Hayot faqatgina bir marotaba beriladi. Inson vafot etgach qiyomat kuni qayta tiriltiriladi va amallariga ko‘ra yo jannat yo do‘zaxga tushadi. O‘lgandan so‘ng qayta tirilish va undan so‘ng keladigan narsalarga iymon Dinimiz ta’limotlariga ko‘ra o‘lim insonning yo‘q bo‘lishi emas. Bizning sobit aqiydamiz bo‘yicha o‘lim besh kunlik bevafo dunyodan abadiylik va vafo dunyosiga ko‘chib o‘tish nuqtasidir. Odam bolasining joni uzilib, tanasidan chiqsa, tana murdaga aylanadi. Tana tuproqdan bo‘lgani uchun u tuproqqa topshiriladi. Ammo odamning ruhi – joni Alloh taolodandir. Alloh taolo esa azaliy va doimiy barhayot Zotdir. Shuning uchun o‘lgan odamlarning jonlari tanadan chiqqanidan keyin ular uchun tayyorlab qo‘yilgan barzax nomli joyga borib turadi. U erda tirik va hushyor turadi. Ortidan qolgan yaqinlarining holidan, qilayotgan ishlaridan xabardor bo‘lib, ularning yaxshiliklaridan xursand, yomonliklaridan xafa bo‘lib turadi. Bizning o‘tgan azizlarimizni yo‘qlashimiz ham o‘sha ruhlarga qaratilgan bo‘ladi.
Agar o‘lim va qayta tirilish bo‘lmasa, haqiqiy adolat yuzaga chiqmaydi – bu dunyoda yaxshilik qilgan odam yaxshiligining to‘la mukofotini ola bilmaydi, bu dunyoda yomonlik qilgan odam yomonligining jazosini to‘liq tortmaydi. Shuning uchun Alloh taolo oxiratda hammani qaytadan tiriltirib, hammaning qilganiga yarasha, zarracha qoldirmay jazo yoki mukofotini beradi.
O‘limdan keyin qayta tirilish bo‘lmasa, odamning umri juda ham qisqa bo‘ladi. O‘limdan keyin qayta tirilish esa insonni abadiylik dunyosiga kiritadi. O‘sha erda mo‘min bandalar o‘zlarining haqiqiy mukofotlarini oladilar.
– Alloh taoloning mo‘min bandalariga beradigan mukofotlarini oxiratga qoldirishining birinchi hikmati:
«Chunki bu dunyo diyori ularga berishni iroda qilgan narsani sig‘dira olmaydi».
– Alloh taoloning mo‘min bandalariga beradigan mukofotlarini oxiratga qoldirishining ikkinchi hikmati:
«U Zot ularning qadrlarini bebaqo diyorda mukofotlashdan yuqori qildi».
Shuning uchun ham o‘limdan keyin qayta tirilish aqiydasi juda ham zarurdir.
Bu ulkan haqiqat haqida aqiyda kitoblarimizda quyidagilar ta’kidlanadi.
«Va qiyomat kuni ba’sga (qayta tirilishga), amallarning jazo va mukofoti berilishiga, arzga (qilingan amallarning ko‘rsatilishiga), hisob-kitobga, kitobni (nomai a’molni) o‘qishga, savobga va iqobga, sirot va mezonga (amal tarozisiga) iymon keltiramiz».
O‘limdan keyin bo‘ladigan quyidagi sakkiz ishning haqligini tasdiqlaymiz:
1. O‘limdan so‘ng ikkinchi bor hayotga kelish.
Alloh taolo marhamat qiladi:
«So‘ngra sizni o‘ldiradi va yana tiriltiradi, keyin sizlar Unga qaytarilasizlar» (Baqara surasi 28-oyat).
Balki inson unga jon qaerdan kelganini o‘ylashga ko‘p ham rag‘bat qilmas, lekin oyatda esga solinayotgan ishga – «so‘ngra sizni o‘ldiradi» tan bermaslikning iloji yo‘q. Dunyoning eng aqllisiman, degan kofir ham o‘lim oldida ilojsizdir. U abadiy yashab qolmasligini biladi, o‘limga bosh egadi. Xo‘sh, baribir bir kun kelib Alloh joningni olar ekan, qanday qilib U Zotni inkor etasan, qanday qilib Unga kufr keltirasan?!
So‘ngra Alloh yana insonni qayta tiriltiradi. Bu ish qiyomat kuni amalga oshiriladi. Kofirlar bu bosqichga ishonmay, tortishadilar. Lekin hujjat-dalillar ularning bu qaysarliklari ham behuda ekanini ko‘rsatadi. Jumladan, insonni yo‘qdan bor qilib, jon ato etgan Alloh uchun barchaning jonini yana o‘ziga qaytarish juda ham osondir.
Oyatning oxirida «…keyin sizlar Unga qaytarilasizlar», deyilmoqda.
2. Qiyomat kuni yaxshi ishlarning mukofoti, yomon ishlarning jazosi berilishi.
Alloh taolo marhamat qiladi:
«Ana o‘shalar qilgan amallari mukofotiga» (Ahqof surasi, 14-oyat).
Ushbu oyati karimadagi «qilgan amallari mukofotiga» degan jumlaga alohida e’tibor berish lozim. Qarang-a, «aytgan gaplari» yoki «niyatlari», deyilgani yo‘q, faqat «qilgan amallari», deb ta’kidlanmoqda.
Demak, quruq gapning Islomda e’tibori yo‘q, balki aytilgan gapni amal bilan tasdiqlash sodir bo‘lgandagina mukofotlarga sazovor bo‘linadi. Mukofot – jannatda mangu qolishdir.
3. Allohning huzurida arz bo‘lishi (qilingan amallarning ko‘rsatilishi).
Alloh taolo marhamat qiladi:
«O‘sha Kunda ko‘rikdan o‘tasizlar, birorta narsangiz maxfiy qolmaydi» (Haqqo surasi, 18-oyat).
Ya’ni har bir narsaning hisob-kitobi bo‘ladi. O‘sha Kunda odamlar ikki toifaga bo‘linadilar: yaxshilar va yomonlarga.
4. Bandalar amallarining hisob-kitobi.
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
«Albatta, men hisob-kitobimga yo‘liqishimga ishonardim» (Haqqo surasi, 20-oyat).
Ya’ni bandalar Robblari huzurida arz qilinib, hech bir maxfiy narsa qolmaydigan o‘sha qiyomat kuni kimning nomai a’mol kitobi o‘ng qo‘lidan berilsa, u juda ham baxtiyor bo‘ladi va sururga to‘lib:
«Mana, mening kitobimni o‘qib ko‘ringlar!» deydi.
Alloh taolo marhamat qiladi:
«Tezda, osongina hisob qilinur» (Inshiqoq surasi, 8-oyat).
Bu ishlar qiyomat kuni bo‘ladi. Mahsharda hamma to‘planganda odamlarga nomai a’mollari beriladi. Kimki bu dunyoda mo‘min-musulmon bo‘lib, toat-ibodatda, taqvodorlik bilan o‘tgan bo‘lsa, ularning nomai a’moli o‘ng tarafdan beriladi. Shuning o‘zi yaxshilik alomatidir. Ularning hisob-kitobi osongina, ko‘rsatib o‘tish yo‘li bilan bo‘lib, ular jannatdagi ahllari huzuriga xursand bo‘lib qaytadilar.
5. Har bir kishining nomai a’moli o‘qilishi.
Alloh taolo marhamat qiladi:
«Kitobingni o‘qi, bugungi kunda o‘zingga o‘zing hisobchilikka kifoya qilursan» (Isro surasi, 14-oyat).
Boshqa hisobchining keragi yo‘q. Hamma ishlaring shu kitobda yozilgan, o‘qib olsang bo‘ldi. O‘zing o‘zingga hisobchisan, guvohsan.
6. Yaxshi amallarga savob, yomon amallarga iqob berilishi.
Alloh taolo marhamat qiladi:
«Bas, kim zarra vaznicha yaxshilik qilsa ham ko‘radi. Va kim zarra vaznicha yomonlik qilsa ham ko‘radi» (Zalzala surasi, 7-8-oyatlar).
Ya’ni savobi va iqobini ko‘radi.
Yaxshilikning ham, yomonlikning ham katta-kichigi bo‘lmaydi. Hammasining hisob-kitobi bo‘ladi, qiyomatda javob berish kerak.
Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qiladilar: «So’so’a ibn Muoviya ismli odam Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi. U zot unga «Faman ya’mal misqola zarrotin xoyron yaroh va man ya’mal misqola zarrotin sharran yaroh»ni o‘qib bergan edilar, u: «Bundan boshqa narsani eshitmasam ham, menga shuning o‘zi etarli», dedi».
Muhammad sollallohu alayhi vasallam: «Bir xurmoning yarmi yoki bir og‘iz shirin so‘z bilan bo‘lsa ham o‘zlaringizni do‘zaxdan saqlanglar», deganlar. Bu «yaxshilikning katt-kichigi bo‘lmaydi», deganlaridir.
Boshqa bir hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ko‘zga ilinmaydigan gunohlardan saqlaninglar, chunki ular to‘planib, kishini halok qiladi», deganlar.
Har doim ko‘zga ko‘rinmas zarra miqdorida bo‘lsa ham yaxshilikni qilishga urinish, shuningdek, ko‘zga ko‘rinmas zarra miqdorida bo‘lsa ham yomonlikdan qochish lozim.
7. Sirotdan (jahannam ustiga qurilgan ko‘prikdan) o‘tish.
Alloh taolo marhamat qiladi:
«Sizdan unga yaqinlashuvchi bo‘lmagan hech kim yo‘q. Bu Robbing huzuridagi keskin hukmdir» (Maryam surasi 71-oyat).
«Jahannamga yaqinlashish»dan murod uning ustiga qurilgan sirot nomli ko‘prikdan o‘tishdir.
8. Yaxshi amallar bilan yomon amallar o‘rtasidagi farqni zohir qilish uchun amallarni tortish.
Alloh taolo marhamat qiladi:
«O‘sha kuni tortish haqdir» (A’rof surasi, 8-oyat).
Qiyomat kuni faqat savol-javob bilan kifoyalanib qolinmaydi. Balki undan ham daqiqroq ishlar bo‘ladi. Har bir insonning qilgan amallari taroziga solinib, tortiladi. Bu tarozi aniq ishlaydigan tarozi bo‘lib, zarraning og‘irligini ham sezadi. Ana o‘sha tortishda kimning amallari og‘ir kelsa, u najot topadi, jannatga kiradi.
Yomonlikdan boshqa amallari yo‘qlar haqida esa Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
«Qiyomat kuni ularga hech qanday vazn bermasmiz» (Kahf surasi, 105-oyat).
Ya’ni qiyomat kuni kofirlarning hech qanday qadr-qiymati bo‘lmaydi. Ularning bu dunyoda qilgan amallarining vazni ham bo‘lmaydi. Chunki Allohning nazdida hamma qadr-qiymat va amallarning vazni iymonga bog‘liq. Iymoni yo‘qning qadri ham yo‘q, qiymati ham yo‘q. Uning qilgan ishining vazni ham yo‘q.
– Bas – o‘lgandan keyin qayta tirilish va undan keyingi narsalarga umumiy dalil. Bilingki, o‘lgandan keyin qayta tirilish va jismoniy qaytishga Qur’on, Sunnat, aql va sog‘lom tabiat dalolat qiladi. Alloh taolo aziz Kitobida bu haqda xabar bergan, unga dalil keltirgan va Qur’onning ko‘pchilik suralarida bu narsalarni inkor qiluvchilarga raddiya keltirgan. Qur’onda xabar berilganidek, barcha payg‘ambar alayhissalomlar o‘limdan keyin qayta tirilishning haqligiga ittifoq qilganlar. Shuningdek, Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham oxiratni boshqa anbiyolarning kitoblarida bo‘lmagan shaklda batafsil bayon qilganlar. Alloh O‘z Kitobida qayta tirilish va uning voqe bo‘lishi haqligi hamda undan kelib chiqadigan narsalarga dalolat qiluvchi turli dalil-hujjatlarni zikr qilgan. Vallohu a’lam!«Qur’on va sunnatdagi ilmiy mo‘’jizalar» kitobidan.
13 Yanvar 2024, 09:18 | Savol-javoblar | 0 | Aqiyda