Rasmli kiyimda namoz o‘qish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir kiyimning oldi tarafida bir hayvonning surati tushirilgan bo‘lsa o‘sha kiyimda namoz o‘qisa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Namoz makruhlik bilan ado bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga g‘ayb olamini ham ko‘rsatilar edi. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda: “U zot sollallohu alayhi vasallam: «Shubhasiz, men jannatni ko‘rdim va bir shingil uzum olmoqchi ham bo‘ldim. Agar uni olganimda, dunyo turgunicha undan er edingiz. Menga do‘zax ham ko‘rsatildi. Bugungidek dahshatli manzarani aslo ko‘rmaganman. Uning aksar ahli ayollar ekanini ko‘rdim», dedilar. «Nima uchun, ey Allohning Rasuli?» deyishdi. U zot: «Kufrlari tufayli», dedilar. «Allohga kufr keltiradilarmi?» deyildi. U zot shunday dedilar: «Erlariga kufronalik qilishadi, yaxshilikka kufronalik qilishadi. Agar ulardan biriga umr bo‘yi yaxshilik qilsang-u, so‘ngra sendan biron (yoqmaydigan) narsa ko‘rsa, «Sendan hech yaxshilik ko‘rmadim», deydi» dedilar” deyilgan. Yana bir hadislarida: عَنْ عَائِشَةَ رَضِي اللهُ عَنْها قَالَتْ: سَأَلْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ الْاِلْتِفَاتِ فِي الصَّلَاةِ، فَقَالَ: هُوَ اخْتِلَاسٌ يَخْتَلِسُهُ الشَّيْطَانُ مِنْ صَلَاةِ الْعَبْدِ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan namozda u yoq-bu yoqqa alanglash haqida so‘radim. «U – shayton bandaning namozidan urib qolishidir», dedilar» deyilgan. Kishining har bir amali oxiratda bir shakli va misoli bo‘ladi. Masalan hadislarda qiyomat kuni Qur’on go‘zal bir yigit suratida kelib qoriyni jannatga olib kirib ketishi aytilgan. Shunga binoan kamchilik, harom yoki makruhlar bilan ado qilingan namoz ham badnamo ko‘rinishda bo‘lib qoladi. Hakim Axtar rahmatullohi alayh tutilgan ro‘zani ko‘rinishini sifatlab: “Tilovatsiz, zikrlarsiz va g‘iybatlar bilan tutilgan ro‘za soqov, nomahram va nojoiz narsalarga qarab tutilgan ro‘za ko‘zi ojiz, shariat man qiligan nasalarni eshitib tutilgan ro‘zalar kar, sadaqotsiz tutilgan ro‘za qo‘li shol, masjidga jamoatga qatnamasdan tutilgan ro‘za oyog‘i sholdek bo‘ladi. Shunda ham farz soqit bo‘lib torozi bosishini umid qilinadi” deganlar. Shuning uchun namozni farz va vojiblarini o‘z o‘rniga qo‘yib, sannatlarini to‘liq ado qilib, makruhlaridan tiyilib namozni ado qilish kerak. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy).
Namozda turgan kishi atrofga qarashni “shayton o‘sha qarovchining namozidan o‘g‘irlash” deganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:04 | Savol-javoblar | 152 | Namoz