Qabrdagi so‘roq savol haqida

Assalomu alaykum! Inson vafotidan keyin mayyitni qabrga qo‘yilgandan so‘ng so‘roq boshlanishi haqida o‘qidim. Savol: qiyomat kunida yana boshqatdan so‘roq bo‘ladimi? Ya’ni qabrda xam qiyomat kunida xam qilgan amallarimiz uchun javob beramizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Qabrda nima so‘ralishi quyidagi hadisda bayon qilingan. عَنِ الْبَرَاءِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: خَرَجْنَا مَعَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي جَنَازَةِ رَجُلٍ مِنَ الْأَنْصَارِ، فَانْتَهَيْنَا إِلَى الْقَبْرِ وَلَمَّا يُلْحَدْ، فَجَلَسَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَجَلَسْنَا حَوْلَهُ كَأَنَّمَا عَلَى رُءُوسِنَا الطَّيْرُ وَفِي يَدِهِ عُودٌ يَنْكُتُ بِهِ فِي الْأَرْضِ، فَرَفَعَ رَأْسَهُ فَقَالَ: اسْتَعِيذُوا بِاللهِ مِنْ عَذَابِ الْقَبْرِ مَرَّتَيْنِ أَوْ ثَلَاثًا، ثُمَّ قَالَ: إِنَّ الْمُؤْمِنَ إِذَا وُضِعَ فِي قَبْرِهِ وَتَوَلَّى عَنْهُ أَصْحَابُهُ وَهُوَ يَسْمَعُ خَفْقَ نِعَالِهِمْ يَأْتِيهِ مَلَكَانِ فَيُجْلِسَانِهِ فَيَقُولَانِ لَهُ: مَنْ رَبُّكَ؟ فَيَقُولُ: رَبِّيَ اللهُ، فَيَقُولَانِ لَهُ: مَا دِينُكَ؟ فَيَقُولُ: دِينِيَ الْإِسْلَامُ، فَيَقُولَانِ لَهُ: مَنْ هَذَا الرَّجُلُ الَّذِي بُعِثَ فِيكُمْ؟ فَيَقُولُ: هُوَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَيَقُولَانِ: وَمَا يُدْرِيكَ؟ فَيَقُولُ: قَرَأْتُ كِتَابَ اللهِ فَآمَنْتُ بِهِ وَصَدَّقْتُ، فَذَلِكَ قَوْلُ اللهِ تَعَالَى ۝ يُثَبِّتُ اللّهُ الَّذِينَ آمَنُواْ بِالْقَوْلِ الثَّابِتِ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَفِي الآخِرَةِ۝، فَيُنَادِي مُنَادٍ مِنَ السَّمَاءِ: أَنْ قَدْ صَدَقَ عَبْدِي فَأَفْرِشُوهُ مِنَ الْجَنَّةِ، وَأَلْبِسُوهُ مِنَ الْجَنَّةِ، وَافْتَحُوا لَهُ بَابًا إِلَى الْجَنَّةِ، قَالَ: فَيَأْتِيهِ مِنْ رَوْحِهَا وَطِيبِهَا، وَيُفْتَحُ لَهُ فِيهِ مَدَّ بَصَرِهِ، وَإِنَّ الْكَافِرَ أَوِ الْمُنَافِقَ إِذَا وُضِعَ فِي قَبْرِهِ وَعَادَتْ رُوحُهُ فِي جَسَدِهِ يَأْتِيهِ مَلَكَانِ فَيُجْلِسَانِهِ فَيَقُولَانِ لَهُ: مَنْ رَبُّكَ؟ فَيَقُولُ: هَاهْ هَاهْ لَا أَدْرِي، فَيَقُولَانِ لَهُ: مَا دِينُكَ؟ فَيَقُولُ: هَاهْ هَاهْ لَا أَدْرِي، فَيَقُولَانِ: مَا هَذَا الرَّجُلُ الَّذِي بُعِثَ فِيكُمْ؟ فَيَقُولُ: هَاهْ هَاهْ لَا أَدْرِي، قَالَ: فَيُنَادِي مُنَادٍ مِنَ السَّمَاءِ: أَنْ كَذَبَ فَأَفْرِشُوهُ مِنَ النَّارِ، وَأَلْبِسُوهُ مِنَ النَّارِ، وَافْتَحُوا لَهُ بَابًا إِلَى النَّارِ، قَالَ: فَيَأْتِيهِ مِنْ حَرِّهَا وَسَمُومِهَا وَيُضَيَّقُ عَلَيْهِ قَبْرُهُ حَتَّى تَخْتَلِفَ فِيهِ أَضْلَاعُهُ، ثُمَّ يُقَيَّضُ لَهُ أَعْمَى أَبْكَمُ مَعَهُ مِرْزَبَّةٌ مِنْ حَدِيدٍ، لَوْ ضُرِبَ بِهَا جَبَلٌ لَصَارَ تُرَابًا، فَيَضْرِبُهُ بِهَا ضَرْبَةً يَسْمَعُهَا مَا بَيْنَ الْمَشْرِقِ وَالْمَغْرِبِ إِلَّا الثَّقَلَيْنِ فَيَصِيرُ تُرَابًا، ثُمَّ تُعَادُ فِيهِ الرُّوحُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ  Baro roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan ansoriylardan birining janozasiga chiqdik. Qabrga etib bordik. Hali lahad qazib bo‘linmagan ekan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘tirdilar. Biz ham u zotning atroflarida o‘tirdik. Biz xuddi boshimizga qush kelib ko‘nadigan darajada jim o‘tirar edik. U zot qo‘llaridagi cho‘p bilan erga chizar edilar. So‘ngra u zot boshlarini ko‘tarib, uch yoki ikki marta «Qabr azobidan Allohning O‘zidan panoh so‘rang», dedilar. So‘ngra o‘z so‘zlarida davom etib:
«Qachon mo‘min qabrga qo‘yilib, ashoblari uning oldidan qaytib ketsalar, u ularning kavushlari ovozini eshitib turgan bir paytda ikki farishta kelib, uni o‘tirg‘izadilar va unga:
«Robbing kim?!» deyishadi.
«Robbim Alloh!» deydi.
«Dining nima?!» deyishadi.
«Dinim Islom!» deydi.
«Ichingizga yuborilgan bu kishi kim?» deyishadi.
«U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdir», deydi.
«Senga uni nima bildirdi?» deyishadi.
«Allohning Kitobini o‘qidim. Unga iymon keltirib, tasdiq qildim», deydi.
Buning tasdig‘i Alloh taoloning «Alloh iymon keltirganlarni bu dunyo hayotida ham, ‎oxiratda ham sobit so‘z ila sobitqadam qilur‎» degan qavlidir. So‘ngra osmondan bir nido qiluvchi nido qilib:
«Batahqiq, bandam to‘g‘ri aytdi. Unga jannatdan joy solib beringlar. Unga jannatdan libos beringlar. Unga jannat sari eshik ochib qo‘yinglar», deydi.
Bas, unga uning hidi va xushbo‘yligi keladi va uning uchun undan ko‘zi etgan joygacha ochiladi.
Qachon kofir yoki munofiq qabriga qo‘yilsa va uning ruhi jasadiga qaytsa, uning oldiga ikki farishta kelib, o‘tirg‘izadilar hamda unga:
«Robbing kim?!» deyishadi.
«E voh, bilmayman», deydi.
«Dining nima?!» deyishadi.
«E voh, bilmayman», deydi.
«Ichingizga yuborilgan bu kishi kim?» deyishadi.
«E voh, bilmayman», deydi.
Shunda osmondan bir nido qiluvchi nido qilib:
«Batahqiq, bu yolg‘on gapirdi. Unga do‘zaxdan joy solib beringlar. Unga do‘zaxdan libos beringlar. Unga do‘zax sari eshik ochib qo‘yinglar», deydi.
Bas, unga uning issig‘i va garmseli kelib turadi. Unga qabri tor qilinadi. Hatto qovurg‘alari bir-biriga kirishib ketadi. So‘ngra unga bir ko‘r va kar qo‘riqchi beriladi. Uning temir gurzisi bo‘ladi. Agar u bilan tog‘ni ursa, tuproqqa aylanadi. Bas, u o‘sha bilan uni bir uradi va bu zarbani mashriq va mag‘rib orasidagi insu jindan boshqa barcha eshitadi. U tuproqqa aylanadi. So‘ngra unga ruhi qaytariladi».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar. ("Hadis va Hayot" kitobidan).
Qiyomatda esa hammasidan so‘raladi.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:04 | Savol-javoblar | 170 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar