Kiyimlar haqida

Assalomu alaykum! Kiyimlar yuvilgamdan keyin ularni dorga teskari ilmasam qaynonam urushadilar tirik odamni kiyimini o‘ngini ilmaydi deb. Kiyimlarni teskari turgan holida tahlab qo‘ysam ham gapiradila o‘lgan odamni kiyimi teskari tahlanadi kiyimlarni o‘ngini tahlash kerak deydilar. Man bu gapni qancha eshitsam ham ko‘pincha amal qilmiman hattoki bolalarimni kiyimlariniyam teskari tahlab o‘ngidan ilaveraman. Dinimizda shu narsa bormi kiyim qandoq ilinishi va tahlanishi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Unday gap yo‘q. Ammo mo‘minni hurmat qilish, uning qalbini og‘ritmaslik, ayniqsa jufti halolining qarindoshlarini, xususan onasining hurmatini joyiga qo‘yish, iltimoslarini yo‘q demay bajarish bor narsa. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 02:23 | Savol-javoblar | 145 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar