Qarz qoladimi yoki yo‘q?

Assalomu alaykum!  Mening turmush o‘rtog‘im jiyanlariga o‘rtoqlaridan arendaga mashina olish uchun o‘rtada turib gaplashib olib bergan edilar. Mashinaning pulini o‘sha jiyanlari to‘lashi kerak edi, vaqt o‘tib kelishilgan pulni jiyanlari bermadi va mashinani birovga sotib yubordi. Endigi kunda turmush o‘rtog‘im o‘rtada turib gaplashib berganligi uchun mashinanig kelishilgan baxosini to‘lamoqdalar. Jiyanlari qarzni to‘lashda bizga yordam bermayapti. Savolim turmush o‘rtog‘im to‘g‘ri ish qilyaptilarmi? Bu qarz to‘lanib bo‘lgandayam jiyanlarining bo‘ynida qarz bo‘lib qoladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘lamasa men beraman deb kafil bo‘lgan bo‘lsa, to‘lashi zimmasiga vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 06:24 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar