Taxajjud namozini ayoli bilan o‘qish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh qilayotgan ishlaringizni ajrini ortig‘i bilan bersin! Qidirib topa olmaganim uchun savol berishga qaror qildim, ayolim bilan taxajjud namozini birga o‘qisam bo‘ladimi? Va bunda jaxriy o‘qish mumkinmi? Yoki aloxida va maxfiy o‘qiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Albatta bo‘ladi. Tungi namozlarni jahriy o‘qish mumkin. Ayol kishi eridan butkul bir saf orqada turishi kerak. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: رَحِمَ اللهُ رَجُلًا قَامَ مِنَ اللَّيْلِ فَصَلَّى وَأَيْقَظَ امْرَأَتَهُ، فَإِنْ أَبَتْ نَضَحَ فِي وَجْهِهَا الْمَاءَ. رَحِمَ اللهُ امْرَأَةً قَامَتْ مِنَ اللَّيْلِ فَصَلَّتْ وَأَيْقَظَتْ زَوْجَهَا، فَإِنْ أَبَى نَضَحَتْ فِي وَجْهِهِ الْمَاءَ. رَوَاهُمَا أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kechasi turib, namoz o‘qigan va xotinini uyg‘otgan, agar turmasa, yuziga suv sepgan erga Allohning rahmati bo‘lsin. Kechasi turib, namoz o‘qigan va erini uyg‘otgan, agar turmasa, yuziga suv sepgan xotinga Allohning rahmati bo‘lsin», dedilar».
Ikkisini Abu Dovud, Nasaiy va Ibn Moja rivoyat qilganlar.
Sharh: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning duolari maqbul ekanligiga hech shak-shub¬ha yo‘q. Har bir musulmon er-xotin uchun ushbu duoda so‘ralgan Allohning rahmatiga erishish qi¬yin emas. Buning uchun kechasi qaysi birlari avval uyg‘onib, ibodat harakatiga tushsa, jufti halolini ham bu ulug‘ ishga taklif qilishi kerak, xolos. Agar uyg‘otilgan kishi qiynalib, turgisi kelmasa, yuziga suv sepish ham joiz ekan. Musulmon er-xotinlar ana shunday bo‘lishlari kerak. Ibodatga, kechalari turib, tahajjud namozi o‘qishga intilishlari, bir-birlaridan or¬qada qolmay, bir-birlarini bu ibodatga undab turishlari lozim. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:48 | Savol-javoblar | 178 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar