5091-savol yuzasidan
Assalomu alaykum! 5091-savol yuzasidan savol bermoqdaman. Unda joni chiqayotgan insonni ko‘zlari olayib yuzlari ko‘kimtir tusga kirsa demak nosolih inson bo‘lganligi va yaxshi holatda o‘lim topmaganligi haqida savol berilgan, unga javoban bu mutlaqo noto‘g‘ri narsa ekanligi aytilgan. Ammo Imom Abu Homid G‘azzoliyning "Din ilmlarini tiriltirish" kitoblarining "O‘limni eslash bobida"-xuddi shu haqida aniq bayonot berilgan ekanligini o‘qigan edim. Ya’ni "Kishi agar vafot etganidan so‘ng uning sur’atida quyidagi holatlar topilsa bilgingki u nosolih banda bo‘lib, uning ruhi chiroyli holatda qabz qilinmagan va u azobdadir: Mayyitning ko‘zi kattayib olaysa, uni lablari ishib ketsa, yuzi ko‘kimtir tusga kirsa, og‘zidan tupugi kelib tursa. Bu savolni berishdan maqsad ushbu holat har bir insonni hayotida uchraydigan jarayon. Iltimos shu savolga aniqlik kiritsangiz. Chunki Abu Homid G‘azzoliy ham tarixda "Xujjat ul-Islom"-deb nom olgan shaxs. Aynan ularning kitoblarida aytilgan ushbu so‘zlar shaxsan meni qattiq ta’sirlantirgan edi. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Imom G‘azzoliyning gaplarini oladigan bo‘lsak juda ko‘pchilik mayyit haqida badgumonga boradigan bo‘lib qoladi. Hatto iymonda ketmadi shekilli deb ortidan savob bag‘ishlashdan ham mahrum bo‘ladi. Aslida insonga kirgan zirapcha ham gunohiga kafforat bo‘ladi. Hatto vafot topayotgan vaqtidagi qiynalishlari ham ko‘plab gunohlarga kafforat bo‘ladi. Uni ko‘rgan insonlar esa u haqida yomon gumonga borib, o‘ta gunohkor ekan juda qiynalib o‘ldi – deb aytishadi. Badgumon bo‘lib gunohkor bo‘lgandan yaxshi gumonda bo‘lib savob olgan yaxshi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: اذْكُرُوا مَحَاسِنَ مَوْتَاكُمْ وَكُفُّوا عَنْ مَسَاوِيهِمْ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«O‘lganlaringizning yaxshiliklarini zikr qilinglar. Ularning yomonliklaridan tiyiling¬lar», dedilar».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Qolaversa umr bo‘yi sudxo‘rlik qilib o‘tgan qancha-qancha insonlar uxlab joni uzilsa, “Allohga mahbub banda ekan, osongina jon berdi” deyishadi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:40 | Savol-javoblar | 140 | Kitoblar