Qiz tarbiyasi

Assalomu alaykum! Ustozlar, ba’zida «qizlar erga tekkunicha xoxlagan ishini qilib, xoxlaganidek kiyinib, yoshligida o‘ynab kulib olsin, erga tekkach bu ishlarni qilolmay qoladi» deydigan onalarni uchratamiz. Ularning shu ishlari noto‘g‘ri ekanligiga qanaqa dalillar keltirib bersak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu shaytonning targ‘ibi bo‘lib, shu kabi gaplarni aytuvchilar shaytonning maslakdoshlaridir. Ularning bu kabi gaplarini sodda qilib aytganda: “Bu qisqa umr, shoshib-shoshib gunohlarni qilib ol. Aks holda jannatga kirishinga to‘g‘ri keladi” deganidir. Yoshligida yomon ishlarga odatlanganlar turmushdan keyin ham tashlay olmaydilar. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 06:35 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar