Namozni 5 rakat o‘qib qo‘ysa

Assalomu alaykum! Agar namozda 4-rakatni izidan 5-rakatga bilmagan xolda turilsa nima qilish kerak? Namozni qaytadan o‘qishi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Agar namozxon qa’dai oxirga o‘tirmay turib ketsa, modomiki, sajda qilmagan bo‘lsa, qaytib o‘tiradi va sajdai sahv qiladi. Chunki u farz amal bo‘lgan qa’dai oxirni kechga surdi.Agar sajda qilgan bo‘lsa, farzi naflga aylanadi va agar istasa, oltinchi rak’atni qo‘shadi. Beshinchi rak’atning sajdasini qilishi bilan farz namozi naflga aylanadi. Besh rak’atli namoz bo‘lmagani uchun oltinchi rak’atni ham o‘qib qo‘ysa, olti rak’atli nafl o‘qigan bo‘ladi. Farzni boshqatdan o‘qiydi.Agar namozxon qa’dai oxirga o‘tirganidan keyin unutib turib ketsa, modomiki, sajda qilmagan bo‘lsa, qaytib o‘tirib, salom beradi. Chunki tik turgan holda salom berib bo‘lmaydi. Bunda sajdai sahf qilmaydi.Agar sajda qilgan bo‘lsa, farzi tamom bo‘ladi va oltinchi rak’atni qo‘shadi hamda sajdai sahv qiladi. Chunki uning uchun namozidan salom berishdan boshqa narsa qolmagan edi. Sajdai sahvni qilishi naflni odatdagidek boshlamagani uchun bo‘ladi. O‘sha ortiqcha namoz uning uchunIkki rak’at nafl bo‘ladi. Ular peshinning sunnati o‘rniga o‘tmaydi. Ya’ni o‘sha ikki rak’at ortiqcha namoz peshinning farzidan keyingi ikki rak’at sunnati o‘rniga o‘tmaydi. Ularni alohida o‘qiydi.Kim unga o‘sha ikki rak’atda iqtido qilsa, ikkisini o‘qiydi. Kim namozga keyin kelib qo‘shilib, imomga o‘sha ikki ziyoda rak’atda iqtido qilsa, faqat ularnigina o‘qiydi. Avval o‘tgan rak’atlarni o‘qib, to‘ldirmaydi. (“Kifoya” kitobi). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:15 | Savol-javoblar | 177 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar