Yomon o‘y xayol

Assalomu alaykum! To‘g‘risini aytsam bu savolni berishga yuzim xam betlamayabti, yozishga qo‘lim xam bormayapti. Inson umuman o‘zi istamagan xolda Alloh taoloni va Muxammad (S.a.v) yomon xayollarga qo‘shib o‘ylashligi bu uchun chin dildan kechirim so‘rab tavba qilishligi o‘tadimi? To‘g‘risi ochiqroq yozardim bunga qo‘lim bormadi. Xuddiki ichimda ikki kishi bo‘lib qolgandayman, to‘g‘risi o‘zim bilan olishib judayam charchadim. Bu bilan dindan chiqib qolmadimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz olishmang. Nima xayol kelgan taqdirda ham tinmasdan Robbig‘fir varham va anta xoyrurrohimiyn ni takrorlayvering. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:56 | Savol-javoblar | 186 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar