Nikohimiz buzulganmi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, turmush o‘rtog‘im chet elga ketgandan so‘ng meni uydan chiqazishdi, ota onam “bor ering bilan tinch bo‘l, o‘sha erda yarashib olinglar” deb jo‘natdi. Lekin erim meni o‘zini oldiga olib ketmadi, singlisi bilan turadi, bilmadim ular orasida nima gap so‘z bo‘ladi. Kelganiga 12oy bo‘ldi na menga yordam beradi na farzandini o‘ylaydi. Bilmoqchi bo‘lganim nikohimiz buzulganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Taloq so‘zini yoki taloqqa dalolat qiluvchi so‘zni aytmagunicha nikoh buzilmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:15 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar