Qarzimdan qutilgan bo‘lamanmi?

Assalomu alaykum! Men Bir do‘stimdan qarz olgan edim oradan ko‘p vaqt o‘tdi. Keyin eshitsam bu do‘stim  qamalib ketibdi. Eshitib xayron qoldim keyin qarzimni olib borib do‘stimni otasiga uzr so‘ragan xolda qaytardim. Ya’ni otasini qo‘liga  berdim. Endi men qarzdor emasmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qarzdor emassiz. Ammo imkoni bo‘lsa qamoqdagi do‘stingizga ham bildirib qo‘ying. Boshqa guvohlarni ham qilib qo‘ying. Chunki hozirgi kunda haqni olganni o‘zi ham inkor qiladigan holatlar ham bo‘lmoqda. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:22 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar