Vatanda qolgan uy-joy uchun zakot berish kerakmi?

Assalomu alaykum shayx xazratlari. qimmatli vaqtingizni olib berayotgan savollarimga erinmay javob berayotganingizga, ilmimizni oshihiga sababchi bo‘layotganingizga, ilmsizligimiz oqibatida bilmaganlarimni bildirayotganingiz uchun katta raxmat.Alloh rozi bo‘lsin. kelin bo‘lib tushayotganimda menga yasatish uchun 4 ta uy berilgan. onam tabiiyki bu uylarni hammasini to‘ldirganlar. hozirda men 3 farzandim va ho‘jaynim bilan chet elda yashaymiz. vatanda esa ishlatilinsa faqatgina nozik mehmon kelgandagina katta zalim ishlatilinadi.qolgan hollarda u erga ham hech kim kirmaydi. o‘zim hech qaerda ishlamayman, farzand tarbiyasi bilan bandman. Savolim uyda qolgan, ishlatilmayotgan barcha uy jixozlari, kiyim kechak, idish tavoqlar uchun zakot berishim kerakmi?uzr, hazrat balki bu noo‘rin savoldir. meni diniy bilimlarim juda sayoz. avvallari ko‘p kitob o‘qiganman, kitob o‘qishni juda yaxshi ko‘raman, ammo diniy kitoblarni o‘qimaganman afsuski. va ming afsuski Vatandan uzoqdaligimiz tufayli diniy kitoblarni o‘qishga sharoit yo‘q, shuning uchun Sizning qimmatli vaqtingizni olmoqdaman. Javobingiz uchun oldindan Raxmat, Alloh rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mazkur mol-mulklardan zakot berilmaydi. Chunki ularni o‘zingiz uchun ishlatish ko‘zda tutilgan. Ushbu saytga, “Muslimat.uz”ga boshqa saytlarimizga kirib diniy bilimingizni oshirib boravering. Yaqinda, inshaalloh, kitoblarimizning elektron nusxalari ham sotila boshlaydi. O‘shanda ulardan olib o‘qishingiz mumkin bo‘ladi.

3 May 2022, 20:39 | Savol-javoblar | 161 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar