Payg‘ambarimiz tug‘ilgan kunlarini tayin qilib olish

Assalomu alaykum! Payg‘ambarimiz Muhammad sallohu alayhi vasallamning tug‘ulgan kunlarini (12 rabbiul avval ) oila davrasida xursanchilik qilib kutib olish, Alloh bu kunda bizga bergan buyuk rahmatidan xursanchilik qilishimiz kerakmi, buni odat qilish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Odat qilish joiz emas. Aksincha yil bo‘yi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlarini o‘rganish, o‘rgatish va sunnatlariga amal qilish kerak. Dinni ba’zi bir rasmiyatchiliklarga chegaralab qo‘ymaslik kerak. Chunki shayton insonni shu kabi ishlarga chegaralab, qolganidan chalg‘itadi. Har bir oila o‘z uyida besh daqiqalik madrasani joriy qilishi kerak. Unda, taomlanib bo‘lgach, ota-ona yoki bobo yoki buvi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqlarida bitta savol berib o‘zi javobini aytadi va bitta sunnatni ta’limini berib, ertasi kuni o‘sha aytib bergan narsasini ulardan so‘rab oladi va amalda qo‘llashga targ‘ib qiladi. Bu ta’lim berishning eng engil hamda samarali uslubidir. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:00 | Savol-javoblar | 149 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar