O‘rtoqlarimga qattiq gapirishim
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, o‘rtoqlarim dinimizda harom qilgan ishlar bilan shug‘ullanishayotgani(xo‘roz urushtirishlari, mast qiluvchi ichimliklarni ichganlari) uchun ularga qattiq gapirdim. Joylari jannatda bo‘lsin Shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf xazratlarining “Tafsiri Hilol” kitobidan o‘qib berib ishlari xatoligi haqida ogohlantirdim. Ularni namozga qaytarishim qiyin bo‘lyapti. Menga shu masalada to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib bersalaring. Men to‘g‘ri ish qildimmi? Ularga qattiq gapirganim uchun gunohkor bo‘lib qolmadimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar o‘rtoqlaringiz otning tepkisini ota-ona ko‘taradi darajasida yaqin bo‘lsa bunday gapirishingi joiz. Gohida shunday gapirish ham kerak. Ammo bu uslub davom etaverishi ko‘proq foyda bermaydi. Targ‘ib yo‘lini ham tanlash kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:29 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar