Zakot ado bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Ilm istagida savol berganlarga shariyatimiz doirasida berayotgan javoblaringiz uchun Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Men ishga 2018-yilning oktyabr oyida kirdim. O‘rtacha hisobda oyiga 2.500.000 so‘m topaman. Har oy topganimning kamida 10 dan 1 qismini hayr-ehsonga sarf qilib yuboraman. Savollarim: 1) Mening molim nisobga etgan hisoblanadimi? 2). Men qanday tartibda zakot beraman? 3). Har oyda qilgan ehsonim zakot hisobiga o‘tib ketmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 2.500.000ni e’tibori yo‘q. to‘planib 16.500.000ga etsa va bir yildan keyin ham qo‘lingizda o‘shancha pul turgan bo‘lsa zakot berishingiz farz bo‘ladi. Orada kamayib ko‘payishning e’tibori yo‘q. Hayri ehson bilan zakot ado bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 14:36 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar