Yotog‘ masalasi

Assalomu alaykum!  Men uxlash paytida yotganimda chap tarafim qibila tarafiga bo‘ladi. Shunda o‘ng tarafimga o‘girilib duolarni o‘qiman va o‘ng tarafga o‘girilib uxliman. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Holatingizni tushunmadik, lekin uxlashdagi sunnat o‘ng yonboshi bilan qibla tarafga qarab uxlashdir. عَنِ الْبَرَاءِ بْنِ عَازِبٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِذَا أَتَيْتَ مَضْجَعَكَ فَتَوَضَّأْ وُضُوءَكَ لِلصَّلَاةِ، ثُمَّ اضْطَجِعْ عَلَى شِقِّكَ الْأَيْمَنِ، ثُمَّ قُلِ اللَّهُمَّ أَسْلَمْتُ وَجْهِي إِلَيْكَ، وَفَوَّضْتُ أَمْرِي إِلَيْكَ، وَأَلْجَأْتُ ظَهْرِي إِلَيْكَ، رَغْبَةً وَرَهْبَةً إِلَيْكَ، لَا مَلْجَأَ وَلَا مَنْجَا مِنْكَ إِلَّا إِلَيْكَ، اللَّهُمَّ آمَنْتُ بِكِتَابِكَ الَّذِي أَنْزَلْتَ، وَبِنَبِيِّكَ الَّذِي أَرْسَلْتَ. فَإِنْ مُتَّ مِنْ لَيْلَتِكَ فَأَنْتَ عَلَى الْفِطْرَةِ، وَاجْعَلْهُنَّ آخِرَ مَا تَتَكَلَّمُ بِهِ». قَالَ: فَرَدَّدْتُهَا عَلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَلَمَّا بَلَغْتُ «اللَّهُمَّ آمَنْتُ بِكِتَابِكَ الَّذِي أَنْزَلْتَ» قُلْتُ: وَرَسُولِكَ. قَالَ: لَا، وَنَبِيِّكَ الَّذِي أَرْسَلْتَ Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qachon yotog‘ingga kelsang, namozga qiladigan tahoratingni qil. So‘ngra o‘ng yoning bilan yot. Keyin: «Allohumma, aslamtu vajhi ilayka, va favvaztu amri ilayka, va alja’tu zohri ilayka, rog‘batan va rohbatan ilayka, laa malja’a va laa manja minka illa ilayka! Allohumma, amantu bikitabikallazii anzalta, va binabiyyikallazii arsalta!» degin. Agar mana shu kechangda vafot etadigan bo‘lsang, fitratda* ketasan. Bularni oxirgi so‘zing qilgin», dedilar. Men ularni Nabiy sollallohu alayhi vasallamga qaytarib o‘qib berdim. «Allohim! Nozil qilgan Kitobingga...» degan joyiga kelganda, «Rasulingga», dedim. U zot: «Yo‘q, «…va yuborgan Nabiyingga», dedilar». Izoh: Duoning ma’nosi quyidagicha: «Allohim, Sendan umid qilgan va qo‘rqqan holda vujudimni Senga taslim qildim, ishimni Senga topshirdim, Senga suyandim. Sendan qochishga va najot topishga huzuringdan boshqa joy yo‘q. Allohim, nozil qilgan Kitobingga va yuborgan Nabiyingga iymon keltirdim». * Fitrat – sof insoniy tabiat, ya’ni islomiy tabiat. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:43 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar