Kitoblardagi tahrirga doir kamchiliklar
[size=12pt]Assalomu alaykum Shayx hazratlari.Alloh sizga ikki dunyoda avf va ofiyatni bersin!Hazrat, alhamdulillah Islomni o‘rganish niyatida ko‘pchiligimiz sizning kitoblaringizni sevib mutolaa qilamiz. Allohga shukr bundan ko‘plab manfaatlar olib, niyatimizga sekin-asta erishmoqdamiz. Buning uchun sizga rahmat. Ba’zida kitoblaringizda imloviy xatoliklar, oyat yoki hadislar ma’nolarini tushib qolish holatlari kuzatiladi. Kamina kitoblaringizga bo‘lgan muhabbatim tufayli ularni ushbu kichik kamchiliklardan ham yiroq bo‘lsin deya shu kabi xatoliklarni uchratganimizda sizlarga ma’lum qilib qo‘yish istagidaman. Inshaalloh kelasi nashrlarda bu kamchiliklar bartaraf etilib chop qilinsa.Ijozat bo‘lsa, shu kabi tahrirga bog‘liq kamchiliklarni uchratsak kimga yoki qaerga ma’lum qilsak bo‘ladi?Javobingiz uchun oldindan rahmat.[/size]
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hilol nashr nashriyotga bildirsangiz ham bo‘ladi. Banda xatodan xoli emas. Xususan, kitobchilik ishi juda marakkab. Ish qo‘ldan qo‘lga o‘tadi, boshqa omillar ham bor. Bizga xatolarimizning xabarini bergan azizlardan juda xursand bo‘lamiz. Har bir qayta nashrda ulardan foydalanishga qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz. Alloh taolo xayiringizni bersin!
7 May 2022, 12:48 | Savol-javoblar | 164 | Kitoblar