Qabristonga borish haqida
Assalomu alaykum! Yaqinda egizak farzandlarim olamdan o‘tdi. Kattalar qabristonga borishimga ruxsat bermayapti, agar borsam bergan sutimning haqqini so‘ragan bo‘lar ekanman. Shu rostmi? Bormasligim kerakmi?
2). Shu farzandlarim qabriga qabrtosh qo‘yishimiz joizmi?
3). Homilador ayolning qabristonga borishi to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bu noto‘g‘ri. Kattalar qaysi jihatni e’tiborga olayotganlarini bilmadik. Balki yana qalbingiz tirnalishini xohlashmayotgandir. 2). Qabr toshi qo‘yishingiz joiz emas. Belgi qo‘yishingiz joiz. 3). Bu borada ayolning o‘zini tutishi e’tiborga olinadi. Hozirgi kundagi kabi boshiga dastro‘molcha o‘rab, avratlari ochiq va sonidan pasti ochiq holatda, qabriston odoblariga rioya qilmay borishdan ulamolar qaytaradilar. Sizni bunday deb o‘ylamaymiz, yaqinlaringiz sizni ehtiyot qilishayotgan bo‘lishsa kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:43 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar