Ro‘za farqi haqida

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Rasululloh sallollohu alayhi vasallam bizning va ahli kitoblarning tutgan ro‘zasi o‘rtasidagi farq saharlik qilmagidadir deganlarining ma’nosi qanday?
2. Agar ilojsizlikdan ro‘za tutolmay qolib ketishdan qurqib(masalan mehmonda mezbonlarni bezovta qilmaslik maqsadida) saharlik qilmasdan og‘iz yopish duosini o‘qib ro‘za tutsa joizmi? Har doim emas?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ular saharlik qilmas ekan. Shu erda bir narsani unutmaslik kerak. Xalq orasida “bir xo‘plam suv bilan bo‘lsa ham saharlik qilish kerak” degan gap bor. Bu saharlik vaqti chiqmagan bo‘lsa shunday qilish kerak. Bamdod vaqti kirgan bo‘lsa, bir xo‘plam ham suv ichmaslik kerak. Aks holda o‘sha kuni tutgan ro‘zasi ado bo‘lmay zimmasiga qazosini tutish vojib bo‘ladi. 2). Joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:44 | Savol-javoblar | 148 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar