Avtorlik huquqi haqida

Assalom alaykum! Ustozlar, hozirda windows XP  va windows 7 operatsion tizimlari rasman Microsoft tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘xtatildi. Endi bu tizimlarni ishlatsak bo‘ladimi? Axir kompaniyani o‘zi ham bu operatsion tizimlardan voz kechdiku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘zingiz rasman sotib olgan bo‘lsangiz ishdan chiqquncha ishlatishingiz mumkin. O‘g‘irlab ishlatish jinoyat hisoblanadi. Ularning ruxsatisiz ishlatish mumkin emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:19 | Savol-javoblar | 184 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar