Har xil "tabib"lar

Assalomu alaykum! Ustozlar, vaqtingizni olganim uchun uzr so‘rayman. Qanday tushuntirishni bilmayapman, bir necha kishilardan eshityapman, bir insonni kasali bo‘lib uni ko‘rsatmagan doktori qolmaganda va davo topmaganda, qanaqadir «tabiblarni» oldiga borib qo‘y so‘yib, uch kun chiqmay yoting va yana bir qandaydir amallar qilib yaxshi bo‘lib ketganlarni taniyman deganlarga, yo‘q bu to‘g‘ri emas shifoni Alloh berguvchi desam ham  tushuntirib bo‘lmayapti. Albatta bunga o‘zim aybdor ilmim etmayapti. Shularga qanday dalil keltirsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz ko‘proq kitob o‘qib ilmingizni ko‘paytiring. Dinimizda ular aytgan gaplar yo‘q. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 06:57 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar