Ikki sajda orasidagi salom
Assalomu alaykum! Namozda ikki sajda orasida o‘tirishda «Robbig‘firli» deb aytish kerak ekan. Lekin kitoblarda bunday narsa yo‘q. Qidirib ko‘rdim, lekin topolmadim. Bunday so‘z aytish hanafiy mazxabida bormikan deb o‘ylanib qoldim. Bunga hanafiy mazxabida qanday qaraladi? Javobingiz uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hanafiy mazhabi ham har bir hukmni hadisdan oladi. Nafl namozlarida aytsangiz bo‘ladi. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ بَيْنَ السَّجْدَتَيْنِ: اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي وَارْحَمْنِي وَعَافِنِي وَاهْدِنِي وَارْزُقْنِي. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikki sajda orasida «Allohummag‘firli, varhamni va a’fini vahdini varzuqni», der edilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar. Sharh: Duoning ma’nosi: «Allohim, meni mag‘firat qil, rahm qil, ofiyat ber, hidoyat qil va rizqlantir». ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohua’lam!
26 May 2022, 05:52 | Savol-javoblar | 203 | Ibodatlar