Kitoblarni nusxalash joizmi?

Assalomu alaykum! Men tibbiyot oliygohida tahsil olmoqdaman. Kompyuter savodxonligi bo‘yicha ozmi-ko‘pmi bilimga egaman. Hozirgi kunda talabalar sonining oshishi tibbiy adabiyotlarga bo‘lgan talabning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. Eski kitoblarga bo‘lgan talab ham oshmoqda. Talabalar Tibbiy kitoblarni kam miqdorda (5-10) nusxada chiqarib berish uchun buyurtma berishmoqda. Sizga bermoqchi bo‘lgan savolim shundan iboratki, mazkur kitoblarda nusxalab chiqarish mumkin emas, deb yozilmagan kitoblarni chiqarib berish mumkinmi? 2). Agarda ushbu kitoblar eski kitoblar bo‘lib, nusxalash taqiqlangan bo‘lsa-chi? Bu holatda muallifni topish imkoni bo‘lmasa-chi? 3). Ushbu holatlarda muallifdan ruxsat olib chiqarish joizmi? Ushbu holatlarda nusxalash uchun ketgan sarf-xarajatlarning puli olinadi xolos, ustiga ortiqcha to‘lovlar qilinmaydi. Ushbu ishni qilish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Egalaridan ruxsat bo‘lsa bo‘ladi. 2). Nashr qilgan muassasadan so‘raysiz. 3). Joiz. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 11:41 | Savol-javoblar | 172 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar