Iso masih haqida

Assalomu alaykum! Man Iso masih haqida 2ta malumot eshitdim. Ulardan biri Iso masih mo‘ri orqali osmonga chiqib ketishgan ikkinchisi esa ularning qiyofalari bir inson bilan alishtirilib qo‘yilgan. Ulardan qaysi biri to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo quyidagicha marhamat qilgan, qolganiga hojat yo‘q. Foydasi ham yo‘q.  Alloh taolo "Niso" surasida marhamat qiladi:  وَقَوْلِهِمْ إِنَّا قَتَلْنَا الْمَسِيحَ عِيسَى ابْنَ مَرْيَمَ رَسُولَ اللّهِ وَمَا قَتَلُوهُ وَمَا صَلَبُوهُ وَلَكِن شُبِّهَ لَهُمْ وَإِنَّ الَّذِينَ اخْتَلَفُواْ فِيهِ لَفِي شَكٍّ مِّنْهُ مَا لَهُم بِهِ مِنْ عِلْمٍ إِلاَّ اتِّبَاعَ الظَّنِّ وَمَا قَتَلُوهُ يَقِينًا۝ 157. «Biz Allohning rasuli Masih Iyso ibn Maryamni o‘ldirdik», – deganlari uchun. Holbuki, uni o‘ldirmadilar ham, osmadilar ham. Lekin ularga shunday tuyuldi. U haqda ixtilofga tushganlar uning o‘limidan shakdadirlar. U to‘g‘risida ularning bilimlari yo‘q, magar gumonga ergasharlar. Uni aniq o‘ldirmaganlar. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 13:02 | Savol-javoblar | 169 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar