Sadaqani esa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Ba’zan qarindoshlarimiz tadbirga chaqirishganida so‘rasak "qo‘y, tovuq so‘yib sadaqa chiqarayapmiz" deyishadi. Shu tadbirga borsak bo‘ladimi? Sadaqani esa bo‘ladimi? Qaysi xolatda sadaqa eb bo‘lmaydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘sha jonvorlarni biron narsaga atab so‘yilgan bo‘lsa eyish joiz emas. Maqsad ziyofat qilib berish, lekin bozordan go‘sht olmasdan arzon tushadi deb ularni so‘yib edirsa eyish joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:54 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar