Namoz ichidagi holatlar

Assalomu alaykum! Ustozlar, meni bir xolat ko‘p e’tiborimni tortadi. Namozda sajda qilganda ikkala oyoq uchi qiblaga qarab turish kerak. Lekin juda ko‘pchilik bunday qilmaydi. Hatto masjid imomlari xam va yana sajda vaqtida oyoqlarini erdan ko‘tarib olishadi. Axir sajdada bir oyoq erdan uzilsa gunoxkor, ikkalasi ko‘tarilsa namoz buziladiku?! Yoki birinchi sajdada oyoqlar qiblaga qarab ikkinchi sajdada esa bunday bo‘lmaydi. Shu xolatda o‘qilgan namozlar durust bo‘ladimi? Ilmsizlik qilib noto‘g‘ri gapirgan bo‘lsam ming bor uzur. Javob uchun oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ko‘tarilsa emas, bosh tegishi bilan oyoq ko‘tarilib, boshni sajdadan ko‘targungacha oyoq uzilib tursa namoz joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:34 | Savol-javoblar | 167 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar