Ovqat yuqiga choy quyib ichish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, manga bir odam ovqatlanib bo‘lgandan keyin kosada qolgan ovqat yuqiga choy quyib ichish kerakligini aytdi. Shunga oydinlik kiritib bersangizlar, oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi: عن جابر قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : إذا طعم أحدكم فلا يمسح يده حتى يمصها ، فإنه لا يدري في أي طعامه يبارك له فيه Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Birortangiz taomlansa qo‘lini tozalamagunicha artmasin. Chunki taomining qaysi bir bo‘lagida unga baraka berilishini bilmaydi”dedilar. عَنْ كَعْبِ بْنِ مَالِكٍ قَالَ : كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَأْكُلُ بِثَلَاثِ أَصَابِعَ وَيَلْعَقُ يَدَهُ قَبْلَ أَنْ يَمْسَحَهَا Kaa’b ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uch barmoq bilan taomlanar va ularni artishdan oldin yalab qo‘yar edilar”. عَنْ أَنَسٍ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ إِذَا أَكَلَ طَعَامًا لَعِقَ أَصَابِعَهُ الثَّلَاثَ قَالَ : وَقَالَ : إِذَا سَقَطَتْ لُقْمَةُ أَحَدِكُمْ فَلْيُمِطْ عَنْهَا الْأَذَى وَلْيَأْكُلْهَا وَلَا يَدَعْهَا لِلشَّيْطَانِ ، وَأَمَرَنَا أَنْ نَسْلُتَ الْقَصْعَةَ قَالَ : فَإِنَّكُمْ لَا تَدْرُونَ فِي أَيِّ طَعَامِكُمْ الْبَرَكَةُ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taomlanganlarida uchchala barmoqlarini yalab qo‘yar va : “Birortangizning luqmasi tushib ketsa uni olsin, unga yopishgan narsalarni ketkazsin va eb qo‘ysin. Shaytonga qoldirmasin” der edilar va egan idishimizni salt qilib qo‘yishga buyurar edilar. So‘ng : Baraka taomingizning qaysi birida ekanini bilmaysizlar” der edilar.
Idishni salt qilish deb, idishda qolgan taomni tozalab eb qo‘yishga aytiladi. Ushbu hadislardan quyidagi foydalar olinadi. Uchta barmoqda eyish.(Muhtoj bo‘lsa 4-5-barmoqlarni qo‘shsa bo‘ladi). Barmoqlarini yalab qo‘yish. Tushgan uvoq va luqmalarni tozalab eyish yoki biror hayvonga edirish. Taomlanayotganda taomga shaytonni ham kelishi. Uni taomga sherik bo‘lishidan saqlanish uchun Allohni zikr qilish. Idishda taom qoldirmasdan uni tozalab qo‘yish. Yalab qo‘yiladimi yoki non bilan tozalanadimi farqi yo‘q. Shulardan keyin sochiqqa qo‘lini artish joizligi. Hadislarda idishni tozalab qo‘yish kelgan, lekin unga choy quyib ichish kelmagan. Tabiatingiz ko‘targan ishni qilishingiz mumkin, shaytonga nasiba qoldirmasangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:54 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar