Ko‘ngilning tozaligi

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men doimo telegramdagi kanalingizni kuzatib boraman. Ko‘pgina bilmagan savollarimga jovob olaman. Alloh umringizni ilmingizni ziyoda qilsin. Sizlarga bermoqchi bulgan savolim shuki, Inshalloh hijobga kirish niyatidaman, lekin ba’zi yaqin insonlarim qarshilik bildirishmoqda va “harkimi ko‘ngli toza bo‘lishi kerak, hali yoshsan  yaxshi amallar qilsang bo‘ldi, hijob o‘raganlani ko‘rvommiz, ko‘ngil toza bo‘lsa bo‘ldi o‘rash shartmas” degan gaplarni gapirishdi. Bu gaplarga nima deyish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “harkimi ko‘ngli toza bo‘lishi kerak, hali yoshsan  yaxshi amallar qilsang bo‘ldi, hijob o‘raganlani ko‘rvommiz, ko‘ngil toza bo‘lsa bo‘ldi o‘rash shartmas” degan gap kufrdir. Agar bu gaplaridan qaytsalar qaytdi, aks holda erlari o‘rtasidagi nikoh ham buziladi. Umr bo‘yi qilgan savobli amallari habata bo‘ladi. Har bir toifaning ichida buzuqlar bo‘lganidek, o‘ranganlar ichida ham bo‘lishi tabiiy. Muslima ayol ularga qaramay Allohning buyrug‘iga qarashi kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:55 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar