Namoz o‘qishdagi holat

Assalomu alaykum! Ustozlar, namoz o‘qishni boshlaganimga xam 5 oy bo‘libdi. Namoz o‘qishda to‘g‘ri qilyapmanmi degan o‘ylar boshimda o‘tib qoladi. Namozda zam sura o‘qiyotganimda uning ma’nosini xayolimizdan o‘tkazish kerakligi xaqida eshitgan edim shu to‘g‘rimi? Agar zam surani yaqinda yod olib manosini bilmasdan o‘qish to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Boshqa narsalar xayolga kelishi tabiiy, ma’nosini tushunmasangiz ham tilovatning farzi ado bo‘laveradi. Bu kabi xayollar internet yoki televizorga ko‘p bog‘langan odamlarda bo‘ladi. Qancha uzoqroq bo‘lsangiz shuncha tezroq qutilasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:54 | Savol-javoblar | 144 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar