Narda va sigaret olib berish

Assalomu alaykum! 1. Bir necha yil avval dadajonimga narda olib bergandim (afsusdaman). Ulfatlari bilan yig‘ilishganida uni olib borib o‘ynashadi. Yo‘q qilay desam dadajonim qattiq ranjitib qo‘yaman deb qo‘rqaman. Halol va harom haqida eshitgilari kelmaydi. Har o‘ynashganida mengayam gunohi tegib turadimi? 2. Padari buzurkvorim sigaret olib kelishimni buyursalar qanday yo‘l tutay? Hukmi aroq tashish bilan bir hil emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Agar bu qilgan ishingizdan butkul tavba qilgan bo‘lsangiz, sizga gunoh yozilishi to‘xtaydi. Endi otangizni bu holatda davomli qolishiga rozi bo‘lmang, imkon boricha ma’siyatdan qaytaring.2). Bu ishni qilmang. Otangizga uzr ayting. Siz ayta olmasangiz, kattalar aytsin. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 12:02 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar