Nima qilishni bilmayapti

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh qilayotgan xayirli ishlaringizdan rozi bo‘lsin.  Bir do‘stim bundan 2 yil oldin institutni tamomlagan edi. Lekin o‘qigan soxasi bo‘yicha ishlamaydi. Aytishicha  o‘qishga tanish bilishchilik bilan kirgan ekan. Uydagilari o‘qigan soxang bo‘yicha ishlaysan deyapdi. U esa, 4 yil birovni haqqini edim, endi yana o‘sha diplomdan foydalanib, oldingi xatomni takrorlamayman deyapdi. Nima qilishni bilmay boshi qotgan. Iltimos maslaxat beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Haqqini egan bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:55 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar